16/07/2026

2026-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi 12 trln 609,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 120,9 foizga yetib, viloyatda iste’mol bozori va savdo faoliyatining barqaror rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.

Hisobot davrida yirik korxonalar hissasiga 958,4 mlrd so‘m, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 9 trln 67,3 mlrd so‘m, uyushmagan savdo hissasiga esa 2 trln 584,2 mlrd so‘m to‘g‘ri keldi. Ayniqsa, uyushmagan savdoda 140,7 foizlik o‘sish sur’ati qayd etildi.

Chakana savdo hajmining ortishi ichki iste’mol talabining o‘sishi hamda tadbirkorlik subyektlari faolligining oshib borayotganidan dalolat beradi.