23/07/2026

2026-yilning yanvar–may oylarida chakana savdo tovar aylanmasining o‘sish sur’atlari hududlar kesimida turlicha shakllandi. Eng yuqori o‘sish To‘raqo‘rg‘on tumanida – 131,4 foiz, Uychi tumanida – 131,0 foiz, Norin tumanida – 129,1 foiz hamda Chust tumanida – 127,7 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, Kosonsoy (127,5 foiz), Pop (125,1 foiz), Yangiqo‘rg‘on (125,0 foiz) va Uchqo‘rg‘on (124,7 foiz) tumanlarida ham yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.

Hududlar kesimidagi mazkur natijalar iste’mol bozori faolligining ortib borayotgani va savdo infratuzilmasi izchil rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.