2026-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatida ulgurji savdo tovar aylanmasi 8 trln 152,7 mlrd so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ulgurji savdo hajmi 6,6 foizga oshdi.
Hisobot davrida kichik biznes subyektlari tomonidan 6 trln 555,4 mlrd so‘mlik ulgurji savdo amalga oshirilib, ularning jami ulgurji savdodagi ulushi 80,4 foizni tashkil etdi. Mazkur yo‘nalishda o‘sish sur’ati 115,8 foizni qayd etdi.
Mazkur ko‘rsatkichlar ulgurji savdo tizimida kichik tadbirkorlik subyektlarining muhim o‘rin tutayotganini hamda ichki bozorda tovarlar ta’minotini ta’minlashda ularning hissasi ortib borayotganini ko‘rsatadi.




