2026-yil 3-aprel kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

2026- yil 3-aprel kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan “Huquqiy bilimlar” oʻquv mashgʻuloti boʻyicha yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2026-yildagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-51-son Farmoni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida maʻlumot va tushunchalar berilib, ushbu Farmon aholi bilan davlat organlari oʻrtasida ochiq va samarali muloqotni taʼminlash, fuqarolarning murojaat qilish huquqini soʻzsiz amalga oshirish orqali ularning davlat boshqaruvida ishtirokini yanada kengaytirish, Xalq qabulxonalari faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida qabul qilinganligi, Farmonga koʻra, 2026-yil 1-maydan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi axborot tizimiga kelib tushgan murojaatlar boʻyicha nazorat vaqti rejimi oʻrnatilishi, bunda koʻrib chiqilishi belgilangan muddatdan oʻtgan murojaatlar ijro uchun avtomatik ravishda yuqori turuvchi davlat organiga oʻtishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi axborot tizimida murojaatlarni qabul qilishda ular “shoshilinch”, “odatiy”, “maslahat talab qiluvchi” toifalariga ajratish amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi, nazoratga qaytarilgan murojaatlar uch ish kuni ichida yuqori turuvchi organlar tomonidan qayta oʻrganib chiqilishini tushuntirildi.



