24/04/2026

2026-yil 24-aprel kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

     2026-yil 24-aprel kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan “Huquqiy bilimlar” oʻquv mashgʻuloti boʻyicha yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.04.2026-yildagi “Moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini yanada liberallashtirish va sud nazorati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida”gi PQ-138-son Qarori mazmun-mohiyati toʻgʻrisida maʻlumot va tushunchalar berilib, unga koʻra 2026-yil 1-oktabrdan boshlab vakolatli organlarning moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori tadbirkorlik subyektining tanloviga koʻra vakolatli organning moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori topshirilgan kundan boshlab bir oy muddatda jarima miqdorining 50 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlash sharti bilan jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod etilishi, shuningdek, qoʻllangan moliyaviy jarima summasini olti oy davomida teng miqdorlarda boʻlib-boʻlib toʻlashi, bunda tadbirkorlik subyekti moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab bir oy davomida jarima summasining oltidan bir qismi miqdoridagi dastlabki toʻlovni toʻlaganda, moliyaviy jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash tartibi avtomatik ravishda amal qilishi, bundan tashqari moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori sud tomonidan bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, undirilgan mablagʻlar, shu jumladan, moliyaviy jarima hamda penya yoʻnaltirilgan manbalar hisobidan 15 kun muddatda mutanosib ravishda qaytarilishi va belgilangan muddatda qaytarilmagan summaga nisbatan qaytarish muddati buzilgan har bir kalendar kun uchun Markaziy bankning asosiy stavkasining uch yuzdan biriga teng miqdorida foiz toʻlanishi belgilanganligi haqida tushunchalar berildi.

    Shuningdek, Qarorga koʻra 2027-yil 1-yanvardan boshlab Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan yuritiladigan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qoʻllangan moliyaviy jarimalarning elektron reyestri joriy etilishi, bunda vakolatli organlarning moliyaviy jarimalarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlari ular qabul qilinganidan soʻng uch ish kunida majburiy tartibda ushbu elektron reyestrga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda, mazkur jarayon toʻliq raqamlashtirilgan hollarda esa bunday qarorlar oʻzaro integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda kiritilishi, reyestrga kiritilmagan va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanmagan qarorlar haqiqiy emas deb hisoblanishi va moliyaviy jarima undirilmasligi belgilanganligi haqida tushuntirishlar berildi.