2026-yil 19-iyun kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

2026-yil 19-iyun kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan “Huquqiy bilimlar” oʻquv mashgʻuloti boʻyicha yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.06.2026-yildagi “Tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-210-son Qarori mazmun-mohiyati toʻgʻrisida maʻlumot va tushunchalar berili. Qarorga koʻra, kredit mahsulotlari boʻyicha oʻttiz bir yoshga toʻlmagan jismoniy shaxslarga asosiy qarzdan 1 yilgacha, foiz toʻlovlaridan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga kredit (mikroqarz)lar Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratilishi, yaʼni
(a) sugʻurta polisi taʼminoti yoki uchinchi shaxs kafilligi asosida 100 million soʻmgacha imtiyozli mikroqarzlarni quyidagi loyihalar boʻyicha ajratish:
(i) yoshlarning xorijiy til va raqamli texnologiyalarni oʻrganishi hamda zamonaviy kasb-hunarni egallashi boʻyicha oʻqish xarajatlarini moliyalashtirish uchun — 20 million soʻmgacha;
(ii) zamonaviy kasblar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar marketingi, mobilografiya, frilanserlik, internet (onlayn) doʻkonlar tashkil etish va oʻzini oʻzi band qilish faoliyat turiga mos loyihalar uchun — 50 million soʻmgacha;
(iii) kasanachilik, toʻqimachilik mahsulotlarini tayyorlash, tikuvchilik va boshqa mahsulotlarni ikkilamchi qayta ishlash va (yoki) sotish, ulardan yangi mahsulotlar tayyorlash loyihalari uchun — 50 million soʻmgacha;
(iv) novvoychilik va shirinliklar tayyorlash hamda sotish loyihalarga — 100 million soʻmgacha;
(b) mol-mulk garovi asosida 300 million soʻmgacha kreditlarni quyidagi loyihalar boʻyicha ajratish:
(i) sayilgoh, turistik maskan, gastronomik koʻcha va boshqa jamoat joylarida koʻchma yoki yengil konstruksiyali shoxobcha va nuqtalarni tashkil etish, ularga jihoz va vositalarni xarid qilish uchun — 200 million soʻmgacha;
(ii) avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni tashish va yuklarni yetkazib berish loyihalari uchun — 300 million soʻmgacha ajratilishi belgilanganligi haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, “Yoshlar biznesi” dasturining “Yoshlar uchun ish oʻrinlari” loyihasi boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga 7 yilgacha muddatga, asosiy qarz toʻlovlaridan 2 yilgacha imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada loyiha xususiyatidan kelib chiqib, ishsiz yoshlar uchun kamida ikkita ish oʻrni yaratadigan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga — 2 milliard soʻmgacha, loyiha xususiyatidan kelib chiqib, har bir milliard soʻm qiymatgacha boʻlgan mablagʻ uchun kamida ikki nafar ishsiz yoshni ishga qabul qilish sharti bilan yuridik shaxslarga — 10 milliard soʻmgacha, 1 000 tadan ortiq ish oʻrni yaratgan franchayzing tarmoqlarini kengaytirish uchun tadbirkorlarga 10 milliard soʻmgacha kreditlar ajratilishi belgilanganligini ham aytib oʻtildi. Bundan tashqari, biznes gʻoyalarini amalga oshirish istagi boʻlgan oʻttiz bir yoshga toʻlmagan oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari hamda yoshlarga — 2 milliard soʻmgacha, xususan oʻzini oʻzi band qilgan va biznesga ilk qadam qoʻymoqchi boʻlgan talaba va yoshlarga 6 oy imtiyozli davr bilan 18 oygacha garovsiz 20 million soʻmgacha, zarur biznes koʻnikmaga ega boʻlib, tadbirkorlik subyekti sifatida mustaqil biznes boshlamoqchi boʻlgan talaba va yoshlarga 1 yil imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga 300 million soʻmgacha, tadbirkorlik subyekti sifatida mustaqil biznes boshlagan va faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan talaba va yoshlarga 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan 2 milliard soʻmgacha, talaba va yoshlarni ish bilan taʼminlagan tadbirkorlik subyektlariga 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga — 10 milliard soʻmgacha, bunda mazkur imtiyozli kredit tadbirkorlik subyektlariga har ikki milliard soʻm qiymatgacha boʻlgan mablagʻ uchun kamida ikki nafar talaba yoki yoshlarni ishga qabul qilish sharti bilan ajratilishi qarorda begilanganligi haqida seminar qatnashchilariga maʼlumotlar berildi.



