2026-yil 1-may kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

2026- yil 1-may kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan “Huquqiy bilimlar” oʻquv mashgʻuloti boʻyicha yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.12.2025-yildagi “Aholiga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 796-son Qarori mazmun-mohiyati toʻgʻrisida maʻlumot va tushunchalar berilib, qarorga koʻra davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari tarzidagi toʻlovlar fuqarolarning murojaati talab etilmagan (proaktiv shaklda) holda, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining “Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduli orqali tayinlanishi, toʻlovlar Oʻzbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb etilgan tijorat banki tomonidan sugʻurtalangan shaxslarda mavjud ijtimoiy karta yoki bank kartasi orqali amalga oshirilishi va shaxslarning mobil aloqa vositalariga bepul qisqa SMS-xabarlar yuborilishi belgilanganligini aytdi. Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida barcha ish beruvchilar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlarga beriladigan barcha turdagi taʼtillarni, shuningdek, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni “YAMMT” IDAKda roʻyxatga olish tizimi yoʻlga qoʻyiishi belgilanganligini hamda sugʻurtalangan shaxslarga, ularning xohishiga koʻra bir kalendar yil davomida 2 ish kunidan koʻp boʻlmagan ish haqi saqlanmaydigan qoʻshimcha taʼtil olish huquqi berilganligshini ham tushuntirib oʻtildi.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab yuzaga kelgan sugʻurta hodisasiga nisbatan homiladorlik va tugʻish nafaqasi va 2026-yil 1-iyuldan boshlab yuzaga kelgan sugʻurta hodisasiga nisbatan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi sugʻurtalangan shaxslarga nisbatan toʻlanishini va toʻlovlarni tayinlash uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos hisoblanishi, homiladorlik va tugʻish nafaqasini olish uchun kamida oʻn oy, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun kamida olti oy sugʻurta staji mavjud boʻlsa toʻlanishi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi miqdorini hisoblashda sugʻurtalangan shaxsning sugʻurta stajiga mutanosib ravishda oʻrtacha oylik ish haqiga quyidagi staj koeffitsiyenti qoʻllanilishi, yaʼni olti oydan toʻqson olti oygacha (toʻqson oltinchi oy ham kiradi) sugʻurta stajiga ega boʻlganda — 60 foiz;
toʻqson yetti va undan ortiq oy sugʻurta stajiga ega boʻlganda — 80 foiz toʻlanishi, agarda I va II guruh nogironligi boʻlgan yoki qaramogʻida 18 yoshga toʻlmagan 4 yoki undan ortiq farzandlari boʻlgan yoxud farzandlaridan kamida birida nogironlik boʻlgan sugʻurtalangan shaxslarga staj koeffitsiyenti 20 foiz bandga oshirilgan holda hisoblanishi,
kalendar yil davomida rasmiylashtirilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalaridagi (bundan homiladorlik va tugʻishga oid davr mustasno) 77 kalendar kundan oshgan davr uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi miqdori tegishli staj koeffitsiyentini 10 foiz bandga kamaytirilgan holda hisoblanishi, ushbu toʻlovlar bir kalendar yil davomida 182 kalendar kundan oshmagan qismi uchun amalga oshirilishi, bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasining tegishli kalendar yildagi mehnatga layoqatsizlik davrining beshinchi kunigacha boʻlgan qismi davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan sugʻurtalangan shaxsning ish beruvchisi tomonidan (agar ish beruvchisi mavjud boʻlmasa sugʻurtalangan shaxsning oʻz hisobidan), oltinchi kundan boshlab esa Jamgʻarma tomonidan toʻlab berilishi haqida tushuntirildi.
Bundan tashqari toʻlanadigan homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa miqdori haqida ham maʼlumotlar berildi.



