08/05/2026

2026-yil 8-may kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

 

     2026-yil 8-may kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan “Huquqiy bilimlar” oʻquv mashgʻuloti boʻyicha yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston yoshlari — 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida maʻlumotlar berilib, Farmonnga muvofiq har yili 600 ming nafar yoshning bandligini taʼminlash, 2030-yilga qadar xorijiy tillar boʻyicha B2 darajaga ega yoshlar sonini 450 ming nafarga yetkazish, 900 ming nafar yoshni volontyorlik harakatiga jalb qilish, nodavlat qoʻshimcha taʼlim subyektlari sonini ikki barobarga oshirish, har yili kamida 10 mingta yosh oilaning uy-joy sharoitini yaxshilash, yoshlar jinoyatchiligini 40 foizga kamaytirish vazifalari belgilanganligi taʼkidlandi.

    Shuningdek, xorijiy tillarni yuqori darajada biluvchi yoshlar uchun imtiyozlar joriy etilishi, jumladan C1 darajali sertifikat olgan yoshlar uchun tadbirkorlik davlat xizmatlari toʻlovlarini 50 foizga kamaytirish va B2 darajali sertifikatga ega yoshlar uchun xorijga chiqish pasporti bojini  50 foizga kamaytirish choralari nazarda tutilganligi maʼlum qilindi.

     Shu bilan birga, 2027-yildan boshlab yosh oilalar uchun ipoteka kreditlari ajratilishi, davlat tomonidan foiz toʻlovlarining bir qismi qoplab berilishi belgilanganligi qayd etildi.