2026-yil 22-may kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

2026-yil 22-may kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan “Huquqiy bilimlar” oʻquv mashgʻuloti boʻyicha yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.04.2026-yildagi “Ruhiy holati buzilgan nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-69-son Farmoni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida maʻlumot va tushunchalar berilib, mazkur Farmon ruhiy holati buzilgan nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash, ularni jamiyatga integratsiya qilish hamda ijtimoiy xizmatlar tizimini zamonaviy talablar asosida isloh qilishga qaratilganligi taʼkidlandi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilariga Farmonning asosiy maqsadlari tushuntirildi.
Seminarda 2026-yil 1-iyunga qadar “Erta aralashuv” xizmati bosqichma-bosqich joriy etilishi haqida maʼlumot berildi. Ushbu xizmat orqali:
- uch yoshgacha boʻlgan, nogironlik belgilari mavjud bolalarga maxsus reestrga kiritilgan nodavlat tashkilotlar xizmat koʻrsatishi;
- maxsus pedagoglar va reabilitatsiya mutaxassislari tomonidan korreksion va rivojlantiruvchi mashgʻulotlar oʻtkazilishi;
- tugʻma anatomik nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun tibbiy tekshiruv va jarrohlik xarajatlari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi hisobidan qoplanishi belgilanganligi tushuntirildi.
Bundan tashqari, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qoʻyilgan yoshdan katta shaxslarni parvarish qilayotgan qonuniy vakillarga har oylik parvarishlash nafaqasi tayinlanishi tushuntirildi. 2026-yil 1-iyundan boshlab “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlari vasiylik va homiylik komissiyalari tarkibiga kiritilishi haqida maʼlumotlar berildi.



