08/07/2026

2026-yil 8-iyul kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

 

     2026-yil 8-iyul kuni boshqarma tizimidagi xodimlar ishtirokida “Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish – halol davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi samarali tizimning muhim kafolati” mavzusida seminar oʻtkazilib, unda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, davlat xizmatida halollik va shaffoflikni taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanishi, bu borada qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining "Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida"gi Qonuni davlat organlari va tashkilotlarida xizmat vazifalarini xolis va vijdonan bajarishning huquqiy asoslarini belgilab berishligi, Qonunning asosiy maqsadi davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, uni aniqlash, bartaraf etish hamda davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatida halollik va xolislikni taʼminlashdan iboratligi haqida toʻxtalib oʻtildi.

     Shuningdek, manfaatlar toʻqnashuvi – shaxsiy manfaatdorlik davlat tashkiloti xodimining xizmat yoki lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatadigan yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan vaziyat hisoblanishi, bu yerda shaxsiy manfaat tushunchasiga ham eʼtibor qaratish lozimligi, shaxsiy manfaat deganda xodimning oʻzi, uning turmush oʻrtogʻi, ota-onasi, farzandlari, aka-ukalari, opa-singillari, boshqa yaqin qarindoshlari yoki ular bilan bogʻliq shaxslar uchun moddiy yoki nomoddiy naf keltirishi mumkin boʻlgan manfaatlar tushunilishi  haqida maʼlumot berildi.

     Bundan tashqari, seminarda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish — har bir davlat xizmatchisining qonuniy majburiyati va kasbiy masʼuliyati hisoblanishi, har bir qabul qilinayotgan qaror adolat, xolislik va qonuniylik tamoyillariga asoslanishi lozimligi, biz qonun talablariga qatʼiy amal qilsak, davlat xizmatida ochiqlik va shaffoflik taʼminlanadi, korrupsiya xavfi kamayishi va eng muhimi, fuqarolarning davlat organlariga boʻlgan ishonchi yanada mustahkamlanishi taʼkidlandi.