15/07/2026

2026-yil 15-iyul kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

 

   

     Joriy yilning 15-iyul kun boshqarmada oʻtkazilgan seminarda “Davlat xaridlarida qonuniylik, shaffoflik va samaradorlik – davlat mablagʻlaridan oqilona foydalanishning asosiy omili” haqida tushuncha berilib, davlat xaridlari davlat byudjeti mablagʻlaridan samarali va oqilona foydalanishning muhim vositalaridan biri hisoblanishi, davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan har bir xarid qonunchilik talablariga muvofiq, ochiq va raqobat muhitida tashkil etilishi lozimligi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi hamda davlat buyurtmachilari, ishtirokchilar va vakolatli organlarning huquq va majburiyatlarini belgilashligi haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, davlat xaridlarining asosiy prinsiplari qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik, raqobat muhitini taʼminlash, xolislik, davlat mablagʻlaridan samarali foydalanish, ishtirokchilarga teng munosabatda boʻlish, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, jamoatchilik nazorati uchun ochiqlikdan iboratligi va ushbu prinsiplarga rioya qilinishi davlat xaridlarining sifatli va adolatli oʻtkazilishini taʼminlashligi haqida toʻxtalib oʻtildi.

     Bundan tashqari, seminarda davlat buyurtmachisining asosiy majburiyatlari ham belgilangan boʻlib, unga koʻra davlat buyuurtmachisi xarid ehtiyojini asoslangan holda shakllantirishi; xarid rejasini belgilangan tartibda eʼlon qilishi, barcha ishtirokchilar uchun teng shart-sharoit yaratishi, texnik topshiriqlarni muayyan ishlab chiqaruvchi yoki tovar manfaatlarini koʻzlamasdan tayyorlashi, baholash jarayonida xolislikka amal qilishi, davlat mablagʻlaridan tejamkorlik bilan foydalanishi shartligi belgilanganligini aytib oʻtildi.

    Seminarda davlat xaridlarida eng koʻp uchraydigan xatolar haqida xam toʻxtalib oʻtilib, xarid ehtiyojini sunʼiy ravishda boʻlib chiqish, muayyan tashkilot manfaatini koʻzlab texnik topshiriq tayyorlash, raqobatni cheklaydigan talablarni kiritish, manfaatlar toʻqnashuvini yashirish, ishtirokchilarga turlicha munosabatda boʻlish, elektron xarid tizimi talablariga rioya qilmaslik kabi holatlar qonun buzilishiga va mansabdor shaxslarning javobgarligiga sabab boʻlishi mumkinligi tushuntirildi.

     Seminar yakunida davlat xaridlarida korrupsiya xavflarining oldini olish haqida toʻxitilib oʻtilib, korrupsiya xavflarini kamaytirish uchun elektron davlat xaridlari tizimidan samarali foydalanish, barcha maʼlumotlarni oʻz vaqtida eʼlon qilish, komissiya aʼzolarining mustaqilligini taʼminlash, manfaatlar toʻqnashuvini oldindan aniqlash, ichki nazorat va komplayens tizimini kuchaytirish, qonunchilik talablariga doimiy rioya qilish zarurligi, Bu choralar davlat mablagʻlarining maqsadli sarflanishiga xizmat qilishi, har bir davlat xizmatchisi davlat xaridlarini amalga oshirishda qonuniylik, shaffoflik, xolislik va masʼuliyat tamoyillariga amal qilishi zarurligi va bu davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, byudjet mablagʻlarini tejash va fuqarolarning davlat idoralariga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.