07/08/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Namangan viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 21,5 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 4,9 foizga oshgan.

 Tarmoqlar kesimida:
Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik hamda ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 19,6 trln so‘m;
O‘rmon xo‘jaligi – 1,7 trln so‘m;
Baliqchilik xo‘jaligi – 194,7 mlrd so‘m.

 Ishlab chiqarish hajmi yuqori bo‘lgan hududlar:
 Pop tumani – 2,4 trln so‘m;
 Chust tumani – 2,1 trln so‘m;
To‘raqo‘rg‘on tumani – 2,0 trln so‘m;
 Namangan tumani – 2,0 trln so‘m.