10/08/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga 36,6 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Bu ko‘rsatkich so‘nggi besh yilda 5,4 barobarga oshgan. Quyida ushbu o‘sish dinamikasi yaqqol aks etgan: (yanvar-iyun holatiga)

▫️ 2026 – 36,6 trln so‘m
▫️ 2025 – 30,3 trln so‘m
▫️ 2024 – 25,9 trln so‘m
▫️ 2023 – 8,6 trln so‘m
▫️ 2022 – 6,8 trln so‘m

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:

To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar – 29,2 trln so‘m

Korxonalar mablag‘lari – 3,1 trln so‘m

Aholi mablag‘lari – 1,6 trln so‘m

Bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 1,1 trln so‘m

O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi chet el kreditlari – 888 mlrd so‘m

Byudjet mablag‘lari – 722,8 mlrd so‘m