Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida qiymati 8 trln 365,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. O‘sish sur’ati 2025- yilning mos davriga nisbatan 113,4 % ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmining tarkibi:
yirik qurilish tashkilotlarining ulushi - 12,6 %;
norasmiy sektor - 41,9 %;
kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi - 45,5 % ni tashkil etgan.
Ma'lumot o‘rnida, 2026- yilning 1- iyul holatiga Namangan viloyati bo‘yicha 1 473 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 148 taga ko‘paygan.




