11/08/2026

2026-yilning yanvar–iyun oylarida Mingbuloq tumani iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarida barqaror o‘sish qayd etildi. Hisobot davrida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 620,3 milliard so‘mni tashkil etib, fizik hajm indeksi 2025-yilning mos davriga nisbatan 110,3 foizga yetdi.
Qurilish sohasida 437,8 milliard so‘mlik ishlar bajarilib, o‘sish sur’ati 210,4 foizni tashkil etdi. Chakana savdo tovar aylanmasi 451,3 milliard so‘m bo‘lib, 121,1 foiz, bozor xizmatlari hajmi ham 742,5 milliard so‘mga yetib, 115,9 foiz o‘sdi. Bu natijalar tumanda iqtisodiy faollik va xizmatlar sohasining izchil rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.
2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, tumanda 1 684 ta korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda. Shundan 1 418 tasi yoki 84,2 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur ko‘rsatkichlar kichik biznesning tuman iqtisodiyotidagi muhim o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi.