Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 45,5 trln so‘mni tashkil etib 2025-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 8,3 % ga o‘sdi.
Kichik tadbirkorlikning YAHMdagi ulushi 72,7 % ni tashkil qildi.
Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 14 mln 221,5 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 6,4 % ga yuqoridir.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YAHM ishlab chiqarish o‘sish sur’atlari:
Qurilish - 113,2 %;
Sanoat - 108,7 %;
Xizmatlar - 108,6 %;
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi -105,0 % ni tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Namangan viloyatining qo‘shgan hissasi 4,2 % ga yetdi.




