Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida jami 697 ming kvadrat metr turar joy foydalanishga topshirildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 34,1 ming kv.metrga ko‘paygan.
Hududlar kesimida foydalanishga topshirilgan turar joylar (ming kv.metrda):
Kosonsoy tumani – 89,3
Uchqo‘rg‘on tumani – 80,0
Yangiqo‘rg‘on tumani – 71,0
Chust tumani – 65,1
Namangan shahri – 60,3
Chortoq tumani – 57,5
Norin tumani – 54,0
Uychi tumani – 52,3
Namangan tumani – 51,3
To‘raqo‘rg‘on tumani – 42,1
Pop tumani – 38,4
Mingbuloq tumani – 35,7
Viloyatda foydalanishga topshirilgan barcha turar joylarning 65,0 foizi qishloq joylariga to‘g‘ri keladi. Bu esa, qishloq infratuzilmasi va uy-joy sharoitlari yaxshilanib borayotganini ko‘rsatadi.




