2026-yilning yanvar–iyun oylarida Pop tumani iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarida barqaror o‘sish qayd etildi. Hisobot davrida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 603,7 milliard so‘mni tashkil etib, fizik hajm indeksi 2025-yilning mos davriga nisbatan 113,6 foizga yetdi.
Qurilish sohasida 392,9 milliard so‘mlik ishlar bajarilib, o‘sish sur’ati 103,9 foizni tashkil etdi. Chakana savdo tovar aylanmasi 975,8 milliard so‘m bo‘lib, 120,1 foiz, bozor xizmatlari hajmi ham 988,6 milliard so‘mga yetib, 117,9 foiz o‘sdi. Bu natijalar tumanda iqtisodiy faollik va xizmatlar sohasining izchil rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.
2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, tumanda 2 099 ta korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda. Shundan 1 720 tasi yoki 81,9 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur ko‘rsatkichlar kichik biznesning tuman iqtisodiyotidagi muhim o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi.




