Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026- yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 15,3 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2025- yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,7 % ga oshgan.
yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1,2 trln so‘mni,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 11,4 trln so‘mni,
uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2,7 trln so‘mni tashkil etdi.
Hududlar kesimida chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati (% da):
🔹 Namangan shahri – 131,5 %
🔹Mingbuloq tumanida– 121,1 %
🔹Kosonsoy tumanida – 126,2 %
🔹Namangan tumanida – 121,0 %
🔹Norin tumanida – 124,5 %
🔹Pop tumanida – 120,1 %
🔹Toʻraqoʻrgʻon tumanida – 130,3 %
🔹Uychi tumanida– 125,6 %
🔹Uchqoʻrgʻon tumanida – 125,8 %
🔹Chortoq tumanida – 86,2 %
🔹Chust tumanida – 127,0 %
🔹Yangiqoʻrgʻon tumanida – 124,8 %




