2026-yilning yanvar-iyun oylarida Mingbuloq tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarish hajmi 1,4 tlrn so‘mni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 5,1 foizga o‘sgan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmidan 40,0 foizi dehqonchilik, 60,0 foizi esa chorvachilik sohalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu esa tumanda dehqonchilik va chorvachilikni mutanosib rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor samarasidir.
Shuningdek, 2026-yilning birinchi yarim yilligida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan:
· 66,8 ming tonna don mahsulotlari,
· 12,7 ming tonna kartoshka,
· 1,7 ming tonna sabzavot,
· 30,0 ming tonna poliz mahsulotlari,
· 5,6 ming tonna meva va rezavorlar,
· 85,5 tonna uzum yetishtirilgani qayd etildi.
Mazkur ko‘rsatkichlar tumanda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etilishi va fermer hamda dehqon xo‘jaliklarining faol mehnati tufayli erishilgan natijalardir.




