Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga Namangan viloyatida 24 575 ta faol tijorat korxonasi mavjud bo‘lib, ularning aksariyati mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida tashkil etilgan.
Xususan, 20 453 ta korxona aynan MChJ shaklida faoliyat yuritmoqda. Bu esa umumiy faol tijorat korxonalarining 83,2 foizini tashkil etadi.
Korxonalar tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
▪️Mas’uliyati cheklangan jamiyat – 20 453 ta
▪️Xususiy korxonalar – 2 952 ta
▪️Oilaviy korxonalar – 961 ta
▪️Aksiyadorlik jamiyati – 10 ta
▪️Boshqalar – 199 ta
Shundan kelib chiqib, MChJlar mamlakatimizda biznes yuritishning eng keng tarqalgan shakli degan xulosaga kelishimiz mumkin.




