20/08/2026

 Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Namangan viloyatida har bir aholi hisobiga o‘rtacha 6 mln 343,0 ming so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan.

 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 106,8 % ga o‘sgan.

 Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish dinamikasi (yanvar–iyun holatiga):

🔹2022-yil – 2 mln 632,9 ming so‘m

🔹2023-yil – 3 mln 104,1 ming so‘m

🔹2024-yil – 4 mln 85,1 ming so‘m

🔹2025-yil – 5 mln 717 ming so‘m

🔹2026-yil – 6 mln 343 ming so‘m