2026-yilning yanvar-iyun oylarida Mingbuloq tumanida jami 1,8 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi. O‘sish sur’ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 192,3 % ni tashkil etdi. Investitsiyalarning asosiy qismi — 90,5 foizi — chet el investitsiyalari va kreditlari hissasiga to‘g‘ri kelgani, tumanda iqtisodiy jozibadorlik va tashqi sarmoyadorlar bilan hamkorlik mustahkamlanayotganini anglatadi.
Shuningdek, 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida investitsiya dasturi doirasida Mingbuloq tumanida 35,7 ming kvadrat metr yakka tartibdagi turar-joylar foydalanishga topshirildi. Bu aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish, yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.




