Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Namangan viloyatida jami 2 655 ta yangi korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi.
Yangi tashkil etilgan korxonalar soha kesimida quyidagicha taqsimlandi:
Savdo sohasida – 1 069 ta
Sanoat sohasida – 368 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 306 ta
Yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 240 ta
Qurilish sohasida – 103 ta
Tashish va saqlash sohasida – 79 ta
Axborot va aloqa sohasida – 90 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 70 ta
Boshqa sohalarda – 330 ta




