2026-yilning yanvar–iyun oylarida Namangan viloyatida qurilish ishlari hajmining o‘sishida yirik qurilish tashkilotlarining hissasi sezilarli darajada ortdi. Hisobot davrida ular tomonidan 1 trln 54,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 220,8 foiz o‘sish qayd etildi. Natijada yirik korxonalarning jami qurilish ishlaridagi ulushi 12,6 foizni tashkil etdi.
Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 3 trln 803,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Ularning umumiy hajmdagi ulushi 45,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, o‘sish sur’ati 105,5 foizni qayd etdi. Bu kichik biznes subyektlari qurilish sohasida yetakchi o‘rinlardan birini saqlab qolayotganini ko‘rsatadi.
Norasmiy sektor hissasiga esa 3 trln 508,5 mlrd so‘mlik qurilish ishlari to‘g‘ri kelib, uning ulushi 41,9 foizni tashkil etdi. Ushbu yo‘nalishda o‘sish sur’ati 106,4 foiz bo‘lib, qurilish bozorida yakka tartibdagi faoliyat ham muhim o‘rin tutayotganini namoyon etmoqda.




