Joriy yil 27-avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i S. Melixujayev so‘zga chiqib, jamoani qutlug‘ sana — Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Mamlakatimizdagi keng ko‘lamli islohotlar xalqimiz farovonligini ta’minlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, u statistika sohasida fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarning xizmatlarini e’tirof etib, ularga minnatdorlik bildirdi. Tadbir davomida bir qator xodimlar faxriy yorliqlar hamda Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Tadbir so‘ngida Mustaqillik mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida yangi marralarni zabt etishda muhim turtki bo‘lishi ta’kidlandi.



