27/08/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan Namangan viloyati statistika boshqarmasining bir qator rahbar va mas’ul xodimlari taqdirlandi.

 Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mazkur yuksak e’tirofga:
S. Melixujayev — Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i;
R. Jiyanov — boshliq o‘rinbosari;
N. Abdurahmonova — Sanoat statistikasi bo‘limi boshlig‘i munosib ko‘rildi.

Mazkur mukofot statistika sohasida ko‘p yillik samarali mehnat, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini haqqoniy va xolis statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash, davlat statistika tizimini rivojlantirish hamda sohaga qo‘shayotgan munosib hissaga berilgan yuksak e’tirofdir.

Taqdirlangan hamkasblarimizni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar hamda yangi yutuqlar tilaymiz!