Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yil 1- avgust holatiga Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) 28 928 tani tashkil etdi.
Shundan, 24 399 tasi — kichik korxona va mikrofirmalardir. Ularning ulushi — 84,3 %ga teng bo‘lgan.
2025- yilning mos davriga nisbatan umumiy o‘sish sur’ati — 110,5 %. Kichik biznes va mikrofirmalarda — 112,7 % ni tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni (1-avgust holatiga, birlikda):
2023- yil — 27 517 ta
2024- yil — 26 576 ta
2025- yil — 26 170 ta
2026- yil — 28 928 ta




