28/08/2026

2026-yil 28-avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

Mashg‘ulot davomida joriy yilning iyun oyida qabul qilingan yangi qonunchilik hujjatlari haqida ma’lumot berildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 8 ta Qonuni, Prezidentining 12 ta Farmon va Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 14 ta qarori qabul qilingani qayd etildi.

Shuningdek, mazkur hujjatlarning mazmun-mohiyati, asosiy maqsad va vazifalari, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga oid muhim jihatlari xodimlarga tushuntirildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida xodimlarning yangilanib borayotgan qonunchilikdan xabardorligini oshirish hamda xizmat faoliyatida qonun hujjatlariga qat’iy rioya etish muhimligi ta’kidlandi.