04/09/2026

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Namangan viloyatida 28 trln 335,7 mlrd soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. 2025-yilning shu davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 108,5 % ni tashkil etdi, ya’ni sanoat hajmi 8,5 % ga o‘sdi.

 2026-yil 1-avgust holatiga viloyatda jami 4 625 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

 2026-yilning yanvar-iyul oylarida 368 ta yangi sanoat korxonasi tashkil etildi.

 Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 million 848,8 ming so‘mni tashkil etdi.

 Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznes subyektlarining ulushi 57,3 % ga teng bo‘ldi.