Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Namangan viloyatida 9 980,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 114,0 foizni tashkil etdi.
Hududlar kesimida eng yuqori o‘sish sur’atlari:
Uychi tumani — 193,3 %
To‘raqo‘rg‘on tumani — 163,5 %
Pop tumani — 129,6 %
Norin tumani — 123,0 %
Bajarilgan qurilish ishlari hajmi bo‘yicha esa Namangan shahri — 2 284,9 mlrd so‘m, Uychi tumani — 1 112,4 mlrd so‘m va Davlatobod tumani — 1 041,8 mlrd so‘m bilan yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi.




