10/09/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Namangan viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 41 346,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,5 foizga o‘sdi. Xizmatlar hajmi esa 7 594,2 mlrd so‘mga ko‘paydi.

Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 12,9 mln so‘mga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga oshdi.

 Shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 30,7 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, ularning umumiy bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 74,3 foizni tashkil etdi.