2026-yilning yanvar–iyun oylarida Namangan viloyatida 13 058,3 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari yetishtirildi.
Hisobot davrida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 77 655,6 tonna go‘sht yetishtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 foizga oshdi.
Shuningdek, 307 021,1 tonna sut, 461 067,5 ming dona tuxum va 891,9 tonna jun yetishtirildi.
Ayniqsa, tuxum ishlab chiqarishda sezilarli o‘sish qayd etilib, uning hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,7 foizga oshgan.
Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishning eng yuqori hajmi Namangan tumani — 1 513,0 mlrd so‘m, Chust — 753,4 mlrd so‘m, Yangiqo‘rg‘on — 741,2 mlrd so‘m va To‘raqo‘rg‘on — 704,3 mlrd so‘m tumanlarida qayd etildi.
Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining hissasi yuqori bo‘lib, go‘shtning 71,9 foizi, sutning esa 89,1 foizi aynan ushbu xo‘jaliklar hissasiga to‘g‘ri kelgan.




