O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentyabrdagi PF–190-son Farmoniga muvofiq, mamlakatimizda 15-oktyabrdan 30-noyabrga qadar biznesni ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi mamlakatda amalda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy birliklar, ularning faoliyat yo‘nalishlari, bandlik holati va asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ishonchli statistik ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat.
Tadbir doirasida yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, dehqon xo‘jaliklari, hunarmandlar, oilaviy tadbirkorlar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan iqtisodiy birliklar qamrab olinadi.
Ma’lumotlar respondent toifasiga qarab, ro‘yxatga oluvchilar tomonidan planshet qurilmalari yordamida yuzma-yuz so‘rov asosida yoki internet orqali mustaqil ravishda to‘planadi.
Ro‘yxatga olish natijalari korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi statistik registrlarni yangilash, kuzatilmaydigan iqtisodiyot ko‘lamini baholash, tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etishga xizmat qiladi.
Olingan ma’lumotlar kelgusida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, hududlarni rivojlantirish va biznes uchun yana-da to‘g‘ri hamda manzilli qarorlar qabul qilishda muhim axborot manbai bo‘ladi.




