2026-yil yanvar–iyul oylarida Namangan viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida yashash va ovqatlanish xizmatlari 37,9 % ulush bilan yetakchi o‘rinni egalladi.
Savdo xizmatlari 25,8 %,
transport xizmatlari 11,2 %,
moliyaviy xizmatlar 8,1 %,
shaxsiy xizmatlar 3,5 % ulushni tashkil etdi.
Tahlil qilinayotgan davrda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 15 trln 680,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 17,5 % ga oshgan.
Shuningdek, moliyaviy xizmatlar 37,2 %, transport xizmatlari 15,9 %, savdo xizmatlari 14,2 % va sog‘liqni saqlash xizmatlari 15,5 % ga o‘sdi.
Ma'lumot o'rnida: 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Namangan viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 41 trln 346,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.




