Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi 1 mlrd 37,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 80,0 mln AQSH dollariga yoki 8,4 % ga oshgan.
Shundan, eksport – 459,2 mln AQSH dollari, o‘sish sur’ati 118,3 %; import – 578,1 mln AQSH dollari, o‘sish sur’ati 101,6 %.
Hisobot davrida viloyatning tashqi savdo balansida 118,9 mln AQSH dollari miqdorida manfiy saldo qayd etilgan.
2026-yil yanvar–iyul oylarida Namangan viloyati 87 ta davlat bilan tashqi savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Viloyat tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
Rossiya – umumiy aylanmaning 37,1 % ini tashkil etdi.
Xitoy – 27,3 %;
Qozog‘iston – 6,0 %;
Turkiya – 5,3 %;
Germaniya – 4,6 %.




