2026-yil yanvar–iyul oylarida Namangan viloyatining eksportyor korxonalari tomonidan xorijiy davlatlarga umumiy qiymati 29,2 million AQSH dollari bo‘lgan 19,9 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.
Eksport qilingan mahsulotlar tarkibida quritilgan mevalar, dukkakli ekinlar, sabzavotlar va boshqa turdagi meva-sabzavot mahsulotlari salmoqli o‘rin egalladi.
Jumladan, eksport tarkibida:
-
1 157,8 tonna — quritilgan uzum;
-
1 418,6 tonna — quritilgan o‘rik;
-
105,7 tonna — olma;
-
107,4 tonna — piyoz;
-
531,9 tonna — karam;
-
114,2 tonna — loviya;
-
5 346,3 tonna — mosh;
-
2 412,0 tonna — yong‘oq;
-
8 663,4 tonna — boshqa meva-sabzavot mahsulotlari.
Mazkur davrda Namangan viloyatida yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarga eksport qilinishi hudud eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.




