21/09/2026

2026-yilning yanvar–iyul oylarida Namangan viloyatida 10 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 14 foizga oshgan.

Bajarilgan qurilish ishlarining asosiy qismi binolar va inshootlar qurilishi hissasiga to‘g‘ri keldi. Mazkur yo‘nalishning jami qurilish ishlaridagi ulushi 74,3 foizni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2025-yilning mos davriga nisbatan 121,3 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, qurilish ishlari tarkibida:

  • ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari13,5 foizni tashkil etib, o‘sish sur’ati 189,5 foiz;

  • fuqarolik obyektlari qurilishi12,2 foizni tashkil etib, o‘sish sur’ati 62,9 foiz bo‘ldi.

2026-yilning yanvar–iyul oylarida bajarilgan jami qurilish ishlarining 46,0 foizi kichik korxonalar va mikrofirmalar, 41,2 foizi norasmiy sektor hamda 12,8 foizi yirik qurilish tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri keldi.