2026-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 29 409 tani tashkil etdi.
Shundan 24 868 tasi, ya’ni 84,6 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
2025-yilning mos davri bilan taqqoslaganda, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10,9 foizga, kichik korxona va mikrofirmalar soni esa 13 foizga oshgan.
Faol korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy qismi quyidagi yo‘nalishlarga to‘g‘ri keladi:
-
savdo — 9 850 ta;
-
sanoat — 4 722 ta;
-
qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi — 2 158 ta;
-
yashash va ovqatlanish xizmatlari — 1 610 ta;
-
qurilish — 1 500 ta;
-
tashish va saqlash — 1 047 ta;
-
axborot va aloqa — 487 ta.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) yetakchi o‘rinda bo‘lib, ularning soni 20 880 tani tashkil etgan.
Shuningdek, 2026-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, viloyatda chet el investitsiyalari ishtirokidagi 331 ta faol korxona mavjud.
Ularning 98 tasi Xitoy, 71 tasi Rossiya, 44 tasi Turkiya kapitali ishtirokida tashkil etilgan.




