2026-yilning yanvar–iyul oylarida Namangan viloyatida 4,6 trln so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 15,9 foizga oshgan.
Transport xizmatlari tarkibida avtotransport xizmatlari asosiy ulushni egalladi. Hisobot davrida ushbu xizmatlar hajmi 4,1 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,9 foizga o‘sdi.
Shuningdek, 2026-yil yanvar–iyul oylarida transport xizmatlarining viloyatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 11,2 foizni tashkil etdi.
Transport sohasi tarkibida pochta va kuryerlik xizmatlari ham yuqori o‘sish sur’atini qayd etdi. Mazkur xizmatlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,6 foizga oshdi.
Umuman olganda, 2026-yil yanvar–iyul oylarida transport xizmatlari Namangan viloyatida bozor xizmatlari hajmining o‘sishiga 1,7 foiz punkt hissa qo‘shdi.
Transport xizmatlari hajmining o‘sishi viloyatda aholiga va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamining kengayib borayotganini ko‘rsatadi.




