23/09/2026

2026-yil 1-iyul holatiga Namangan viloyatida doimiy aholi soni 3 213,6 ming kishini tashkil etdi.

Joriy yilning 1-iyul holatiga viloyatda doimiy aholi soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 55,2 ming kishiga yoki 1,7 foizga oshgan.

Aholi sonining ortishi bilan bir qatorda, viloyatda aholi zichligi ko‘rsatkichi ham yildan-yilga o‘sib bormoqda. 2026-yil 1-iyul holatiga Namangan viloyatida 1 kvadrat kilometr hududga o‘rtacha 432,3 kishi to‘g‘ri kelgan.

Viloyatda aholi zichligi ko‘rsatkichi so‘nggi yillarda quyidagicha shakllangan:

  • 2021-yil — 388,9 kishi;

  • 2022-yil — 397,8 kishi;

  • 2023-yil — 407,0 kishi;

  • 2024-yil — 416,0 kishi;

  • 2025-yil — 424,9 kishi;

  • 2026-yil — 432,3 kishi.

Shunday qilib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 2026-yil 1-iyul holatida viloyat hududining har bir kvadrat kilometriga to‘g‘ri keladigan aholi soni 7,4 kishiga oshgan.

2026-yil 1-iyul holatiga Namangan viloyati aholisining 64,9 foizi shahar joylarda, 35,1 foizi esa qishloq joylarda istiqomat qilmoqda.