Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda sanatoriya-kurort muassasalari va dam olish tashkilotlari obyektlari soni 749 tani tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2010-yilga nisbatan 471 taga ko‘paygan.
Shuningdek, 2025-yilda sanatoriya-kurort muassasalari va dam olish tashkilotlari xizmatlaridan 660,1 ming nafar kishi foydalangan.




