25/09/2026

2026-yilning yanvar–iyun oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 234 568 tonna kartoshka yetishtirildi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 4,6 foizga ko‘p.

Hududlar kesimida kartoshka yetishtirish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Yangiqo‘rg‘on tumanida qayd etildi. Mazkur tumanda hisobot davrida 67 484 tonna kartoshka yetishtirilib, viloyatda yetishtirilgan jami kartoshkaning 28,8 foizini tashkil etdi.

Kartoshka yetishtirish hajmi bo‘yicha keyingi yuqori natijalar quyidagi hududlarda qayd etildi:

  • Chust tumani — 23 111 tonna;

  • Namangan tumani — 21 122 tonna;

  • Pop tumani — 20 584 tonna;

  • Uchqo‘rg‘on tumani — 18 223 tonna;

  • Uychi tumani — 17 688 tonna;

  • Chortoq tumani — 16 275 tonna;

  • Kosonsoy tumani — 14 905 tonna;

  • Mingbuloq tumani — 12 680 tonna;

  • To‘raqo‘rg‘on tumani — 11 015 tonna;

  • Norin tumani — 10 504 tonna;

  • Namangan shahri — 978 tonna.

Shuningdek, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida kartoshka yetishtirish hajmining o‘sish sur’ati bo‘yicha Namangan shahri 10,8 foiz, Namangan tumani 8,4 foiz va To‘raqo‘rg‘on tumani 8,2 foiz bilan yuqori natijalarni qayd etdi.

Umuman olganda, joriy yilning dastlabki olti oyida viloyatda kartoshka yetishtirish hajmining o‘sishi hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘lamining kengayib borayotganini ko‘rsatmoqda.