28/09/2026

Namangan viloyatida biznesni ro‘yxatga olish tadbirini sifatli va samarali tashkil etish, shuningdek, jarayonda ishtirok etuvchi mas’ul xodimlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida statistika boshqarmasi xodimlari uchun amaliy seminar tashkil etildi.


Seminar davomida ishtirokchilarga biznesni ro‘yxatga olish jarayonida foydalaniladigan savolnoma shakllarini to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirish, ma’lumotlarni belgilangan tartibda kiritish, savollarga tegishli javoblarni shakllantirish hamda ma’lumotlarning aniqligi va to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.



Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli holatlar muhokama qilinib, ularni belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.