2025-yilda Namangan viloyatida 9 ta turistik firma va tashkilot faoliyat yuritib, ular tomonidan 6 404 kishiga turizm xizmatlari ko‘rsatildi. Shuningdek, hisobot davrida 6 544 ta sayyohlik yo‘llanmasi sotilgan.
2024-yilga nisbatan turistik firma va tashkilotlar soni 1 taga ko‘paygan. Xizmat ko‘rsatilgan shaxslar soni 3,8 ming kishiga, sotilgan sayyohlik yo‘llanmalari soni esa 4,6 ming taga oshgan.
Shuningdek, 2025-yilda viloyatda mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari faoliyati natijasida 74 855 kishi joylashtirilgan.
Hisobot davrida viloyatdagi mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalarida jami 949 ta xona hamda 1 798 ta joy mavjud bo‘lgan.
Mazkur ko‘rsatkichlar viloyatda turizm xizmatlari ko‘lamining kengayib, sayyohlik xizmatlariga bo‘lgan talabning ortib borayotganini ko‘rsatadi.




