02/10/2026

2026-yilning yanvar–iyun oylarida Namangan viloyatida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 mln 190,7 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 19,4 foizga oshgan. 

Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi Namangan shahrida – 6 mln 414,4 ming so‘m, Chortoq tumanida – 5 mln 360,7 ming so‘m va To‘raqo‘rg‘on tumanida – 5 mln 145,3 ming so‘mni tashkil etdi. 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida – 12 mln 892,1 ming so‘m qayd etildi. Shuningdek, axborot va aloqa sohasida o‘rtacha ish haqi 8 mln 278,1 ming so‘m, savdoda 6 mln 000,8 ming so‘m, tashish va saqlashda 5 mln 904,4 ming so‘m, ta’lim sohasida esa 5 mln 094,8 ming so‘mni tashkil etdi. 

Hisobot davrida iqtisodiy faoliyat turlari orasida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori o‘sish sur’ati yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 49,1 foizni tashkil etgan. Ta’lim sohasida o‘sish 26,1 foiz, savdoda 23,4 foiz, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda esa 20,2 foiz bo‘lgan.