02/10/2026

2026-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, Yangi Namangan tumanida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 2 449 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 306 taga ko‘paygan.

Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning 2 171 tasi tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.

Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida savdo, sanoat, yashash va ovqatlanish hamda qurilish sohalari salmoqli o‘rin egallaydi.

Jumladan:

  • savdo sohasida — 830 ta;

  • sanoat sohasida — 617 ta;

  • yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida — 129 ta;

  • qurilish sohasida — 125 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida tumanda 230 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etildi.

Yangi tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hududda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahsulot va xizmatlar turini ko‘paytirish hamda iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilmoqda.