2026-yilning yanvar–avgust oylarida Namangan viloyatida 33 trln 461,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 2025-yilning mos davriga nisbatan 108,6 foizni tashkil etdi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Namangan shahri, To‘raqo‘rg‘on va Chust tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xususan:
-
Namangan shahri – 9 trln 788,9 mlrd so‘m;
-
To‘raqo‘rg‘on tumani – 5 trln 647,7 mlrd so‘m;
-
Chust tumani – 3 trln 267,0 mlrd so‘m;
-
Uychi tumani – 2 trln 204,4 mlrd so‘m;
-
Kosonsoy tumani – 1 trln 778,2 mlrd so‘m;
-
Namangan tumani – 1 trln 651,9 mlrd so‘m;
-
Pop tumani – 1 trln 352,7 mlrd so‘m;
-
Chortoq tumani – 1 trln 360,5 mlrd so‘m;
-
Uchqo‘rg‘on tumani – 1 trln 325,2 mlrd so‘m;
-
Mingbuloq tumani – 1 trln 96,3 mlrd so‘m.
2026-yilning yanvar–avgust oylarida sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi bo‘yicha eng yuqori natija Norin tumanida – 118,2 foiz qayd etildi.
Keyingi o‘rinlarda:
-
Uchqo‘rg‘on tumani – 117,4 foiz;
-
Namangan shahri – 112,1 foiz;
-
Chust tumani – 110,8 foiz;
-
Pop tumani – 110,7 foiz;
-
Namangan tumani – 110,6 foiz;
-
Chortoq tumani – 110,3 foiz.
2026-yil yanvar–avgust oylarida Namangan viloyatida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 10 mln 449,8 ming so‘mni tashkil etdi.




