2026-yil 1-oktabr holatiga doir demografik ma’lumotlar asosida e’lon qilingan aholi zichligi ko‘rsatkichlariga ko‘ra, Namangan viloyatida aholi zichligi izchil o‘sib bormoqda.
2026-yil 1-oktabr holatiga viloyatning har bir kvadrat kilometriga o‘rtacha 429,3 nafar kishi to‘g‘ri kelgan.
Aholi zichligi yillar kesimida (1 kv. km ga):
🔹 2022-yil — 394,4 kishi;
🔹 2023-yil — 404,4 kishi;
🔹 2024-yil — 413,3 kishi;
🔹 2025-yil — 421,6 kishi;
🔹 2026-yil — 429,3 kishi.
Tahlil: 2022–2026-yillar davomida viloyatda aholi zichligi har bir kvadrat kilometrga 34,9 kishiga oshgan.
2026-yil 1-oktabr holatiga Namangan viloyati aholisining 54,4 foizi shahar joylarda, 45,6 foizi esa qishloq joylarda istiqomat qilmoqda.




