13/11/2026

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi 1 333,5 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 84,7 mln AQSH dollariga yoki 6,8 foizga oshdi.

Hisobot davrida viloyat eksporti 581,1 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,3 foizga oshdi.

Import hajmi esa 752,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 0,1 foizga kamaydi.

Namangan viloyatining tashqi savdo aloqalarida quyidagi davlatlar asosiy hamkorlar sifatida qayd etildi:

  • Rossiya – 36,1 foiz;

  • Xitoy – 28,2 foiz;

  • Qozog‘iston – 5,9 foiz;

  • Turkiya – 5,1 foiz;

  • Germaniya – 4,3 foiz.

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Namangan viloyati dunyoning 87 ta davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.